AsosiySport

V Islom birdamligi o`yinlari g`oliblari qanday mukofot olishi e`lon qilindi

'V Islom birdamligi o`yinlari g`oliblari qanday mukofot olishi e`lon qilindi'ning rasmi

 V Islom birdamligi o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilar hamda ularning trenerlari qanday mukofotlanishi ma`lum qilindi. Bu bo`yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, V Islom birdamligi o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilar:

  • oltin medal uchun – 5 ming AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 3 ming AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 2 ming AQSh dollari;

Ularni tayyorlagan trenerlar esa:

  • oltin medal uchun – 2,5 ming AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 1,5 ming AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 1 ming AQSh dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik mablag`lar bilan mukofotlanadi.

    Boshqa yangiliklar