1

Qismati fojiali yakun topgan 7 buyuk ayol

SUG'DIYONA 08.08.2016, 12:09
Teglar: Ayol
Qismati fojiali yakun topgan 7 buyuk ayol

Quyida sizni “Lady.mail.ru” nashri XX asrning buyuk va mashhur, ammo hayoti fojia bilan yakun topgan ayollar taqdiri bilan tanishtiradi.

Merilin Monro

Bo`lajak kino yulduz hali bola ekanligidayoq, uning onasi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qoladi. Qizcha qarindoshlarinikida, mehribonlik uylarida sarson-sargardon bo`lib, kun kechiradi, jismoniy qiynoqlarga uchraydi. U 16 yoshga to`lganda majburlab, turmushga berishadi. Mashhurlik, yulduzlik unga baxt bera olmadi. Atrofi muxlislarga, oshiqlarga to`la bo`lsa-da, Merilin Monro o`zini juda yolg`iz his qilgan. U judayam farzand ko`rishni orzu qilgan. Aktrisa sirli tarzda vafot etgan. U uyida qo`lida telefon go`shagini tutgancha, jon taslim qilgan. Yonidan esa uyqu dorisi topilgan.

“Merilin Monro bo`lishning nimasi yaxshi? Nimaga men oddiygina, oilali, farzandli ayol bo`lolmayman? Men atigi birgina farzandim bo`lishini istardim...” degandi Merilin Monro

Anna Axmatova
Anna Axmatovaning yaqinlari qatag`on qurbonlari bo`lgan. Shoiraning birinchi turmush o`rtog`i Nikolay Gumilev otib o`ldirilgan bo`lsa, ikkinchisi qamoqda vafot etgan. Uning o`g`li ham uzoq yillar qamoqda saqlangan. Anna Axmatova Stalinga o`g`lini ozod qilishni iltimos qilib, xat yozgan, ammo maktubi javobsiz qolgan.
“Bizning qismatimiz, hayotimiz oldida Shekspir fojialari, duellar o`yinchoq va mayda ikir-chikirlardir”, degandi Anna Axmatova.

Viven Li
Viven Li aktyor Lourens Olivega turmushga chiqqan edi. Ammo turmush o`rtog`i Vivenning muvaffaqiyatlaridan xursand bo`lish o`rniga, uni ko`rolmasdi. Bir safar rafiqasi qo`lga kiritgan “Oskar” mukofotini derazadan irg`itib yuboradi. “Shamollarda qolgan hislarim” filmida suratga tushish uning boshiga ko`p kulfatlarni keltirdi. Jismonan zaifligi tufayli avvaliga manikal depressiya kasalligiga chalingan bo`lsa, 1945 yilda sil kasalligini yuqtiradi. Keyinchalik esa ruhiy iztiroblar tufayli aqldan ozadi, ba`zan erini ham tanimay qoladi, ruhiy kasalxonada davolanadi. Lourens Olive Viven Li bilan turmush kechirishga tayyor emasdi. U rafiqasidan ajrashishga, boshqa ayolga uylanishga ruxsat so`raydi. Viven eridan ajrashgandan keyin oradan etti yil o`tgach, navbatdagi kasallik xuruji paytida vafot etadi.
“Shamollarda qolgan hislarim” filmidagi Skarlettning: “Yaxshiyam, onam meni boshimga tushgan kulfatlarni ko`rmay, vafot etgan. Bo`lmasa, qizi ne ahvolga tushganini ko`rganda bormi?” degan gapi aynan men haqimda aytilgan”, degan edi Viven Li.

Marina Svetaeva
Fuqarolik urushidan keyin shoira turmush o`rtog`i Sergey Efron bilan muhojirlikda kun kechiradi. Ammo turmush o`rtog`i sovet hukumati bilan hamkorlik qilgani uchun uning asarlari chop etilmaydi. Uning oilasi ochlikdan, qashshoqlikdan qiynalgandan keyin vataniga qaytishga majbur bo`ladi. Ammo uni bu erda mudhish xabarlar kutardi. Shoiraning opasi bir necha yillardan beri qamoqda o`tirardi, uning ortidan esa qizi ham qamaladi. Marinaning turmush o`rtog`ini kommunistlar otib o`ldiradi. 1941 yilda o`g`li bilan evakuasiya qilingan shoira o`zini osib o`ldiradi.

“Qanchalik qashshoqlikda yashayotganimni hech kim bilmaydi. Yozganlarimning orqasidan pul topaman. Erim kasal, ishlay olmaydi. Qizim esa shlyapachalar tikish orqali arzimagan pulni topadi. Yana sakkiz yoshli o`g`lim bor. Bor daromadimiz shundan iborat, arzimas chaqalar orqali kun kechiramiz. Boshqacha qilib aytganda, asta-sekin ochlikdan halok bo`lyapmiz...”, degan edi Marina Svetaeva.

Frida Kalo
6 yoshligida poliomielit kasalligini boshidan keyirgan Fridaning bir oyog`i ikkinchisidan ingichka bo`lib qoladi, 18 yoshga to`lganida esa u ketayotgan avtobus tramvay bilan to`qnashib, dahshatli avtohalokat yuz beradi. Avtohalokat oqibatida qizning umurtqasi, qovurg`asi, o`mrov suyagi, tos suyagi, o`ng oyog`i sinadi. Elkasi chiqadi, qorniga esa metall qadaladi … Chaqqon va hayotsevar Frida to`shakka mixlanadi. Uni bir umr sog`ligi qiynaydi. Bir umr farzand ko`rishni orzu qiladi. O`nlab jarrohlik operasiyalarini boshdan kechiradi. Frida nafaqat tan jarohatidan, balki ruhiy azoblardan ham qiynaladi. Turmush o`rtog`i rassom Diego Rivera doimo unga xiyonat qiladi. U hattoki Fridaning katta opasi bilan ham ishqiy munosabatda bo`ladi. Ular bir necha marotaba ajrashishga harakat qilishadi, ammo bir-birisiz yashay olmasliklarini anglagandan keyin qaytadan turmush qurishadi. Mashhur rassom Frida Kalo o`pka shamollashidan vafot etgan.

“Mening hayotimda ikki fojia ro`y bergan: birinchisi tramvay avtohalokati bo`lsa, ikkinchisi turmush o`rtog`im Diegodir. Ammo ikkinchisi, birinchisidan ko`ra dahshatliroqdir”, degan edi Frida Kalo.

Greys Kelli
Mashhur aktrisa Greys Kelli Monako knyazi Rene III ga turmushga chiqqandan keyin, erining qarindosh-urug`lari norozi bo`lgach, ishini tashlashga majbur bo`ladi va hayotini butunlay oilasiga, farzandlariga bag`ishlaydi. Ammo “Oltin qafas”dagi hayot unga baxt keltirmaydi. Turmush o`rtog`i Rene odamovi bo`lib, hech kimga qo`shilmas, ba`zan esa hammaning oldida rafiqasining ustidan kulardi. Greysning omma oldidagi mashhurligidan nafratlanardi. Rafiqasining xayriya ishlari bilan shug`ullarini ham uning jahlini chiqarardi. Greysning farzandlari juda erka va tantiq bo`lib voyaga etadi. Greys bir umr aktrisalik faoliyatini davom ettirishni orzu qiladi…  U rulda ketayotganda yuragi xuruj qiladi va ertasi kuni kasalxonada vafot etadi.

“Monakoda, Renening rafiqasi sifatida birgina rolni o`ynashim mumkin, u ham bo`lsa Renening malikasi rolini...” degan edi Greys Kelli.

Jaklin Kennedi
Jurnalist, moda yulduzi, AQShning birinchi xonimi bo`lgan Jaklin Kennedi oilaviy hayotda juda baxtsiz edi. Uni Kennedilar oilasi sovuq kutib oladi, eri esa xiyonat qilishdan charchamaydi. Ilk farzandi o`lik tug`ilgan bo`lsa, ikkinchisi esa tug`ilgandan keyin bir necha kundan keyin vafot etadi. Prezidentning baxtli rafiqasi rolini o`ynash undan juda katta kuch talab qilardi. Ammo uning ko`z oldida turmush o`rtog`i Jon Kennedini otib o`ldirishgach, erining qonga belangan kostyumni egnidan echmay, kiyib yuradi. Jon Kennedining vafotidan besh yil o`tgach, Jaklin gresiyalik tadbirkor Aristotel Onassisga turmushga chiqadi. Ammo oradan ko`p o`tmay, u ikkinchi eridan ham ajraydi, o`zi esa to`qson yoshida saratondan vafot etadi.

“Oq uyda yashashni, bir lahzadan keyin prezidentning bevasi bo`lishdek baxtsizlikni kim ham tushunardi? Bu vaziyatdan chiqib ketishning iloji yo`q. Bolalarim nima bo`ladi? Butun dunyo ularga achinmoqda, ular ommaning e`tiborida bo`lgani uchun, bolalarimning kelajagidan qo`rqaman. Ularga baxtli bolalikni qaytarish qo`limdan kelarmikan?”, degan edi Jaklin Kennedi.

 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1