AsosiyJamiyat

Artel kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi bir o`qituvchining iltimosiga befarq bo`lmadi

'Artel kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi bir o`qituvchining iltimosiga befarq bo`lmadi'ning rasmi

Artel'ning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida Namangan viloyati, Norin tumanida faoliyat yurituvchi 3-umumta`lim o`rta maktabi o`qituvchisi Nafosat Muxitdinova "Bir maktabga ming kitob" aksiyasini o`tkazish taklifini bildirgandi.  

Kompaniya kitob aksiyasining dastlabki ishtirokchisiga aylangan, Norin tumanidagi 3-umumta`lim maktabiga o`quvchilar so`ragan kitoblar to`plamini etkazib berdi.  

"Facebook orqali aksiya o`tkazish taklifi bilan chiqqan edim. Birinchilardan bo`lib Artel jamoasi taklifimga javob berdi. Buni hecham kutmagandim",-deydi Nafosat Muxitdinova mamnunligini yashirmay.

U so`zida davom etarkan, kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni bir o`qituvchi sifatida yuqori baholadi.

"Bu jamoa bir kun ichida o`quvchilarimiz so`ragan ko`plab kitoblarni etkazib berishdi. Biz bundan juda mamnun bo`ldik. Shuni anglab ettikki, ular nafaqat insonlarni moddiy ta`minotlariga, balki ma`naviyatlariga ham e`tibor berishar ekan",-deydi o`qituvchi.

Eslatib o`tamiz, kompaniya kitobxonlikni targ`ib qilishga oid qator loyihalar tashabbuskori. 

Artel mikro kutubxonasi — kitob uychalari fikrimizning yaqqol isbotidir.

    Boshqa yangiliklar