Ma`lumot o`rnida, abiturientlar natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.
2022 yil 18 avgust kuni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun o`tkazilgan test sinovi natijalari e`lon qilindi, deya xabar bermoqda DTM.
Qayd etilishicha, 18 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar o`z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
- my.dtm.uz saytining "Natijani olish" bo`limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda;
- mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini kiritgan holda;
- Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida ko`rsatilgan abiturientning ID raqamini yuborgan holda:
- @e_dtm_mandatbot
- @e_dtm_mandat1bot
- @e_dtm_mandat2bot
- @e_dtm_mandat3bot
- @e_dtm_mandat4bot
Shuningdek, abiturient ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko`rish uchun havola) ni skaner qilgan holda ham natijalarni olish mumkin.