Bugun, 19 avgust kuni Toshkent shahrida o`tkazilgan ShHTning navbatdagi Xotin-qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollarning B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Unda ShHTga a`zo davlatlardan jami 100 nafardan ziyod tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.
Qayd etilishicha, forum doirasida ilk bor tashkil etilgan yangi formatdagi amaliy muloqot ShHTga a`zo mamlakatlar tadbirkor ayollariga o`z bizneslari ko`lamini yanada kengaytirish, yangi xorijiy hamkorlarni topishga, tadbirkorlik sohasida o`zaro tajriba almashib, yangi ko`nikmalarni o`zlashtirishida muhim platforma bo`ldi.

"Albatta, bu kabi biznes muhokamalar nafaqat tadbirkorlik sub`ektlariga, balki davlat va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, aholi bandligini ta`minlashga, eksport hajmini ortishiga hamda yangi investisiyalarni jalb etishga xizmat qiladi",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot o`rnida, B2B uchrashuvlari natijasida 35 ta eksport va import shartnomalari tuzilgan. Ularning qiymati 100 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga 35 mln dollarlik memorandum imzolangan.







