Biroz avval hamyurtimiz Iqboljon Xoldarov Meksikada navbatdagi jangini o`tkazdi.
Super yarim o`rta vazn toifasidagi prof bokschimiz mezbonlar vakili Mariel Bustamantega qarshi ringga ko`tarildi. 6 raundga mo`ljallangan bahs 3-raundda hakam tomonidan to`xtatildi va Xoldarovning texnik nokautli g`alabasi e`lon qilindi.
Bu orqali Iqboljon prof ringdagi to`rtinchi jangida to`rtinchi g`alabasiga erishdi. Bustamente esa faoliyatidagi ilk mag`lubiyatni qabul qilib oldi. Raqib bungacha 8 marta jang o`tkazib, ularning 7 tasida g`alaba qozongandi (6 ta nokaut). 1 ta jang esa durang bilan tugagandi.