AsosiySport
6174

Ronaldu Madeyradagi yong`indan jabr ko`rganlarga o`z yordamini taklif qildi

Madridning “Real” jamoasi etakchisi Krishtinu Ronaldu Portugaliyaning Madeyra orolidagi yong`indan jabr ko`rganlarga yordam ko`rsatishga tayyor ekanini aytib o`tdi, deb ma`lum qilmoqda Mirror nashri. 

“Madeyra va vatanimning boshqa burchaklarida ro`y bergan voqealar menga og`ir ta`sir o`tkazmoqda. Hammaga katta kuch tilayman. O`t o`chiruvchilarga rahmat, ular o`z hayotlarini xavf ostiga qo`yib boshqalarni qutqarmoqdalar. Men siz bilanman, – dedi Ronaldu.

Qayd etish joiz, Madeyra orolida Krishtianu Ronaldu tug`ilib o`sgan Funshal shahri joylashgan. Ronaldu bu borada mintaqa prezidenti Migel Albukerke bilan suhbatlashib olgan va o`zining yordamini taklif etgan. 

Boshqa yangiliklar