Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o`rta ta`lim maktabida maktab o`quvchilari va ularning ota-onalariga qo`pol ravishda maktab darsliklari tarqatilganligi aks etgan video tarqalmoqda.
Holatga XTV munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, lavhadagi holatni o`rganish bo`yicha ishchi guruh tuzilib, o`rganish ishlari boshlab yuborilgan. O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.