AsosiySiyosat

Samarqand ShHT sammitiga tayyor (foto)

Avval xabar qilganimizdek, yana bir necha kundan so`ng – 15-16 sentyabr kunlari Samarqandd...

'Samarqand ShHT sammitiga tayyor (foto)'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, yana bir necha kundan so`ng – 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbati sammiti o`tkaziladi.

Samarqand sammiti ShHTga a`zo mamlakatlar rahbarlarining so`nggi uch yilda birinchi marta bir joyga to`planayotgani va tarixda ilk bor 15 mamlakat rahbari ishtirok etishi ko`zda tutilgani bilan ahamiyatli.

Nufuzli anjumanga sanoqli kunlar qolgan pallada Samarqand sammitni o`tkazish uchun tayyor holatda. Shahar ko`chalariga ShHT va unga a`zo mamlakatlar bayroqlari, sammitga bag`ishlangan afishalar o`rnatilgan.  

Qayd etish kerakki, sammit arafasida Samarqandda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Yangi muhtasham va zamonaviy aeroport, Xalqaro turizm markazi qurildi. Markaz hududida jami 10 ta ob`ekt bunyod etildi – 8 ta (2 ta 5 yulduzli va 6 ta 4 yulduzli) mehmonxona, Kongress xoll hamda Karvonsaroy kompleksi qurildi.

Anjuman arafasida qurib bitkazilgan “Boqiy shahar” majmuasi ham tashrif buyuruvchi mehmonlar e`tiboridan chetda qolmaydi. Majmuada milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, Chorsu sharq bozori, barcha viloyatlardan kelgan usta-hunarmandlarning ijod namunalaridan bahramand bo`lish mumkin.

Bir so`z bilan aytganda,  Samarqand so`nggi yillardagi eng yirik siyosiy anjumanni o`tkazishga har tomonlama tayyor. Anjumanga allaqachon xorijiy mehmonlar tashrif buyurishni boshladi. Samarqand sammiti mintaqadagi xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama etiladigan maydon bo`lishi uchun barcha sharoit muhayyo.

Boshqa yangiliklar