Britaniyalik dizayner Viktoriya Bekxem Estée Lauder kompaniyasi kosmetik tizimini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Kolleksiya premerasi sentyabr oyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Kosmetik vositalarni Bergdorf Goodman, Selfridges, Neiman Marcus, Saks Fifth Avenue va Nordstrom kabi riteylerlar sotishi ko`zda tutilgan. Bundan tashqari kosmetik vositalarni Viktoriya Bekxemning Londonning Duvr-stritida joylashgan firma do`konidan ham sotib olish mumkin bo`ladi.
Bu dizaynerning ilk tajribasi emas. U ilgari Nails Inc kompaniyasi bilan ham hamkorlik qilgan edi.
Viktoriya Bekxem “qudratli brend”ni dunyoga keltirgan Este Lauderning faoliyatidan hayratga tushganini ma`lum qilgan bo`lsa, Estée Lauder esa Viktoriya Bekxemning ayollar nima xohlashini yaxshi bilishini ta`kidlagan.





