AsosiyJamiyat

Navoiydagi uydan ko`mib yuborilgan odam skeleti topildi

'Navoiydagi uydan ko`mib yuborilgan odam skeleti topildi'ning rasmi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 16 sentyabr kuni xonadonlarning biridan uy egasi er kovlayotib ko`mib yuborilgan odam skeleti topib olgani aytildi. Viloyat prokraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro R. Z. 2022 yilning 16 sentyabr kuni hovlisida joylashgan ekin erini kovlayotgan vaqtida, odam suyagiga o`xshash suyaklar chiqqanligini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma`lum qilgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan.

Tergovga qadar tekshirish natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanishi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar