AsosiyJamiyat

Toshkentda ayol eri bilan yurganlikda ayblab, Pedagogika universiteti talabasini "samosud" qildi (video)

'Toshkentda ayol eri bilan yurganlikda ayblab, Pedagogika universiteti talabasini "samosud" qildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ayol eri bilan yurgan qizni samosud qilgani aks etgan video tarqaldi. Aytilishicha, samosud qilingan qiz Pedagogika universitetining talabasi bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu voqea yuzasidan Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan o`rganish olib borilgan.

Aniqlanishicha, universitet talabasi Yu.R. doimiy yashash joyi Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanidan J. ismli yigitning avtomoshinasida ota-onasi tomonidan yuborilgan pochta (oziq ovqat mahsulotlari) ni ikki marta qabul qilib olgan.

Talaba qizga ota-onasidan yuborilgan pochtani J.ismli shaxs universitetga olib kelganida uning ayoli (videodagi ayol) ham yonida bo`lgan.  

Bir necha kundan keyin sodir bo`lgan videodagi janjalli holat talaba Yu.R. uchun ham tushunarsiz bo`lib, ushbu voqea yuzasidan talaba Ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.  

"Shu o`rinda axborot tarqatuvchilar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan xaqqoniy va xolis axborot tarqatishingizni,  ayniqsa bilib bilmay qiz bola sha`niga turli tuhmatlar qilmasligingizni so`rab qolamiz.  

Ushbu masala yuzasidan Ichki ishlar organi mas`ullari tomonidan tergov ishlari olib borilayotgan ma`lum qilamiz" , – deyiladi universitet munosabatida.  

 

    Boshqa yangiliklar