Ma`lumot uchun, jarayonlar joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligi bog`ida o`tkaziladi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish bo`yicha yrim masalalarni “mahallabay” o`rganib, hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, “O`zsuvta`minoti” AJ, “Hududgazta`minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish bosh boshqarmasi, “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ, “Toshkent shahar mintaqaviy yo`llarga byurtmachi xizmati” DUK, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Poytaxt Hududgaz” GTF, “Maxsustrans” IChB DUK, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va qator boshqa idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.






