Qozog`iston Senati Birinchi Prezident kunini davlat bayramlari ro`yxatidan chiqarib tashlash uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda "kommersant".
Ma`lum qilinishicha, hujjat davlat rahbariga imzolash uchun yuborilgan.
Endilikda Birinchi Prezident kuni Davlat ramzlari kuni, Shukronalik kuni va boshqa bayramlar qatorida ijtimoiy ahamiyatga ega bayramlar maqomiga ega bo`ladi. Qonun shuningdek, 25 oktyabrda nishonlanadigan Respublika kuni milliy bayramini ham belgilaydi. Mustaqillik kuni (16 oktyabr) milliy bayram emas, balki davlat maqomiga ega bo`ladi.
Ma`lumot uchun, Birinchi Prezident kuni 2012 yildan buyon 1 dekabrda nishonlanadi. Mamlakatning birinchi rahbari Nursulton Nazarboev bo`lib, u 2019 yilda iste`foga chiqqan.
Eslatib o`tamiz, Qozog`iston parlamenti va prezident Qosim-Jomart Tokaev o`tgan hafta konstitusiyaga o`zgartirishlarni ma`qulladi. Ostona nomini poytaxtga qaytardilar. Nazarboevning o`rnini egallagan Tokaev 2019 yilda poytaxt nomini Nur-Sulton deb o`zgartirish tashabbusi bilan chiqqan edi.