1

Rasul Kusherboevni onasidan so`kkan fuqaro jazolandi

Jamiyat 24.09.2022, 16:53
Rasul Kusherboevni onasidan so`kkan fuqaro jazolandi

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali videomurojaat yo`llab, unda surxondaryolik fuqaro uni marhum onasidan so`kkanini ma`lum qilgandi. U holat yuzasidan Ichki ishlar vaziri nomiga ariza kiritgandi.

Deputat Kusherboevning ma`lum qilishicha, haqorat bo`yicha ish sudda ko`rib chiqildi.

“Kecha, 23 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Boysun tumani sudida fuqaro S. Sultonovning meni haqorat qilganligiga doir ish ko`rib chiqildi. Men JIB Yunusobod tumani sudidan onlayn ishtirok etdim”, deydi deputat.

Sud fuqaro S.Sultonovni Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan BHMning o`ttiz baravari (9 mln so`m) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qilgan.

“Yakunida menga fuqarolik sudi orqali huquqbuzar S.Sultonovdan ma`naviy zarar undirishim mumkinligi tushuntirildi”, deydi Kusherboev haqoratdan tiyilishga chaqirib.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1