1

​Qon tomirlari bo`ylab harakatlanuvchi mitti robot yaratildi

Jamiyat 24.09.2022, 20:28
​Qon tomirlari bo`ylab harakatlanuvchi mitti robot yaratildi

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, tayvanlik olimlar farmasevtik mahsulotlarning nojo`ya ta`sirlarini bartaraf etish maqsadida dori vositalarini organizmning zarur nuqtalariga etkazib bera oladigan mitti robot yaratishdi. 

Innovasion qurilmaning uzunligi bir santimetrdan ham kichikroq. U nojo`ya ta`sirga ega dori vositalarini to`g`ridan-to`g`ri kasallik o`chog`iga etkazishga moslashtirilgan.

Yangi ixtiro magnit nanozarrachalaridan iborat. U qon tomirlari orqali harakatlanib, shaklini o`zgartirishi, qolaversa, zarur pallada bo`linib, yana bir butunga birlashishi mumkin. 

Olimlar xulosasiga ko`ra, mitti robotning xossalari davolash va tibbiy diagnostikada qo`l keladi. Xususan, dori-darmonlarni organizmga maqsadli etkazib berishda katta natija beradi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1