O`zbekistonga qachondan sovuq havo kirib kelishi ma`lum qilindi

Jamiyat 26.09.2022, 13:18
O`zbekistonga qachondan sovuq havo kirib kelishi ma`lum qilindi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati joriy haftada kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. O`zbekiston hududining katta qismida kunduzgi havo harorati yuqori bo`ladi va 30-35° ni tashkil etadi. Faqat O`zbekistonning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib keladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida havo harorati 20-25° gacha pasayadi.

Ertaga havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirigacha O`zbekiston hududi nisbatan sovuq antisiklon periferiyasi ta`siri ostida bo`ladi. Ertadan boshlab respublikaning barcha hududlari bo`yicha havo sovuqlashadi, kunduzgi harorat 22-27° gacha pasayadi. 29-30 sentyabrda kechalari harorat pasayadi, kechasi va ertalab termomert ustuni 10-15° gacha pasayadi.

26-27 sentyabr kunlari front o`tishida ba`zi joylarda shamol chang-to`zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Farg`ona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga etishi mumkin.

Respublikaning tekislik hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga 27 sentyabr kuni tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1