1

O`tkir Hoshimovning o`g`li Farg`onadagi adliya boshqarmasiga shikoyat qildi

Jamiyat 26.09.2022, 20:52
O`tkir Hoshimovning o`g`li Farg`onadagi adliya boshqarmasiga shikoyat qildi

Farg`ona viloyat adliya boshqarmasiga O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Xoshimovning farzandi Farruh Hoshimov ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Gap shundaki, marhum otasi O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimovga tegishli bo`lgan “Nur borki, soya bor”, “Sevgi qissalari” asarlari “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunning 36-moddasi va notarial tasdiqlangan vasiyatnomaga asosan, barcha asarlariga bo`lgan mutlaq mulkiy huquqlar meros bo`lib o`tganligini bayon qilgan. 

Shu bilan birga, merosxo`r Farruh Hoshimovning ruxsatisiz ushbu asarlar internet ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilganligi va bu bilan mualliflik huquqlarini buzayotganligi bayon qilingan.

Murojaat tegishli tartibda o`rganilganda, Hoshimov Farruh O`tkurovich arizasida ko`rsatilgan faktlar o`z tasdig`ini topdi.
Holat yuzasidan Farg`ona viloyatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan internet (nomlari keltirilmadi) ijtimoiy tarmoqlardagi internet sayt muassisi A.T. markaziga nisbatan adliya boshqarmasi tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnoma chiqarildi. Natijada A.T. markazining “www sayt” tarmog`idagi O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov qalamiga mansub bo`lgan asarlarning barchasi o`chirib tashlandi.

Haqiqatan ham “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunning 38-moddasida “Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin etmish yil davomida amal qiladi”, deyilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1