1

O`zbekiston va Qirg`iziston davlat chegarasi bo`yicha qo`shma Bayonnoma imzolandi

Siyosat 27.09.2022, 16:52
O`zbekiston va Qirg`iziston davlat chegarasi bo`yicha qo`shma Bayonnoma imzolandi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirg`izistonda bo`lib turibdi.
O`zbekiston va Qirg`izistonning o`zbek-qirg`iz davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha hukumat delegasiyalari tomonidan O`zbekiston va Qirg`iziston hukumat delegasiyalari qo`shma yig`ilishi bayonnomasi imzolandi, deya xabar berdi Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
Ushbu bayonnoma O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to`g`risidagi yangi shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.
Hujjatni O`zbekiston tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov, Qirg`iziston tomonidan – Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi raisi, Qirg`iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o`rinbosari Qamchibek Tashiev imzoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1