1

"Ayrim vazir va hokimlarning oyog`i erdan uzilib qolgan"

Siyosat 27.09.2022, 21:30
"Ayrim vazir va hokimlarning oyog`i erdan uzilib qolgan"

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida Sardor Umrzakov oyog`i erdan uzilgan rahbarlarni tanqid qildi.

"O`rganishlar natijasi va bizga turli manbalardan etib kelgan ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyog`i erdan uzilib qolgan.

Ba`zi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas`ul rahbarlari o`zlarini go`yo xonlardek tutib, to`rachilik kayfiyatiga berilib ketganlar", - deydi Administrasiya rahbari.

Shuningdek, u maishatboz rahbarlar haqida ham fikr bildirdi.

"Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatchilik ko`rib-bilib turibdi. Jamiyat uyg`ongan, jamoatchilik nazorati kuchaygan bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.

Hurmatli Prezidentimiz yuksak ishonch bildirib aytgan “Hokimlar mening vakilim” degan so`zlarini suiiste`mol qilib, bunday sharafli mas`uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun o`tkazayotgan mas`ul shaxslarni kim deb atash mumkin", - dedi Umurzakov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1