AsosiyJamiyat

Farg`onada IIB xodimlari fuqaroni do`pposlagan video tarqaldi. IIV izoh berdi (video)

'Farg`onada IIB xodimlari fuqaroni do`pposlagan video tarqaldi. IIV izoh berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardaIIB xodimlari fuqaroni do`pposlayotgani aks etgan video tarqaldi.

Holatga IIV matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov oydinlik kiritdi.

Ma`lum qilinishicha, tarqalayotgan videotasvir 2021 yilning 14 iyul kuni Farg`ona shahri ichki ishlar bo`limida sodir etilgan bo`lib, holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan hamda 2021 yil 2 dekabrda mazmunan ko`rib chiqishlik uchun sud organlariga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi joriy yilning 23 avgust kuni Farg`ona viloyati JIB sudi tomonidan apellyasiya tartibida ko`rib chiqilib, xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo`q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan.

    Boshqa yangiliklar