1

Surxondaryodagi maktab hovlisidan 3-sinf o`quvchisining jasadi topildi

Jamiyat 28.09.2022, 20:32
Surxondaryodagi maktab hovlisidan 3-sinf o`quvchisining jasadi topildi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi "g`ayriodiiy o`lim" bo`yicha ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 27 sentyabr kuni Denov tumanida yashovchi M.Q. (ayol)  o`ziga oldindan tanish bo`lgan, 2013 yilda tug`ilgan voyaga etmagan Z.Q.ni Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida voyaga etmagan Z.Q.ning sog`ligi yomonlashadi.

Buni bila turib, uning hayoti xavf ostida qolganligi va o`zini-o`zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo`lganligini anglagan holda Z.Q.ga yordam ko`rsatmasdan, shu mahallada joylashgan maktab hovlisiga olib borib tashlab ketganligi oqibatida voyaga etmagan o`quvchi maktab hovlisida vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 28 sentyabr kuni Denov tumani prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytiladi.

"Hozirda mazkur jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi",— deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1