AsosiySUG'DIYONA
14450

Erkak kishi rafiqasidan kutadigan 15 narsa

1) Rafiqasining bekordan-bekorga begona erkaklar bilan gaplashmasligini, erkaklar bilan gaplashish zarurati tug`ilganda o`zini jiddiy tutishini;

2) Ayolining tashqi qiyofasiga, kiyim-kechagiga e`tiborli bo`lishini, ozoda yurishini;

3) Rafiqasining hayotida nechog`liq o`rin tutishini bilishni, uning maqtovini eshitishni;

4) O`zi haqida gap ketganda rafiqasining kamsituvchi, qo`pol so`zlarini eshitmaslikni, hurmat qilishini;

5) Ayolining ruhiy madad berishini, ishonishini;

6) Kamchiliklarini eng yaqin qarindoshlariga ham aytmasligini;

7) Rashkini keltirib, boshqa erkaklarni maqtab, ko`kka ko`tarmasligini;

8) Ishdan kelganda rafiqasining ochiq chehra bilan kutib olishini, e`tiborli bo`lishini;

9) Ota-onasiga yaxshi muomalada bo`lishini;

10) Uning kamchilik va qusurlariga ko`z yumishini;

11) Farzandlarining oldida erga urmasligini, kamsitmasligini;

12) Oilaviy sirlarni ko`chaga yoymasligini, erini birovlarga yomonlamasligini;

13) Bekordan-bekorga rashk qilmasligini;

14) Farzanlariga madaniy va ma`rifiy tarbiya berishini.

15) Turli janjallarga sabab bo`luvchi g`iybatlarga, nizolarga, janjallarga aralashmasligini istaydi.
Islam-Today

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar