1

Jizzax bog`idagi daraxtlarni Ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish departamenti brigadiri kesgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 29.09.2022, 12:48
Jizzax bog`idagi daraxtlarni Ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish departamenti brigadiri kesgani ma`lum bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi "O`rda" bog`ida daraxt kesilishi bilan bog`liq holat haqida xabarlar tarqaldi. Jizzax viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan bog` hududidagi 2 tup qurigan holatdagi chinor daraxtlari Jizzax shahar bog`larni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish departamenti brigadiri M. X. ismli fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda kesilganligi ma`lum bo`lgan.  

Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi,  1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima chorasi belgilandi.  

Shuningdek,  ushbu bog`dagi barcha masalalarga ma`sul hisoblanuvchi Jizzax shahar Obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish  departamenti boshlig`idan daraxtlarni saqlash  va o`z  vaqtida parvarish qilish bo`yicha kafolat xati olindi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1