1

Toshkentning mashhur avtoservisi yonib ketdi

Jamiyat 29.09.2022, 16:23
Toshkentning mashhur avtoservisi yonib ketdi

Toshkentda 29 sentyabrga o`tar kechasi mashhur avtoservis va tyuning markazi yonib ketdi.

Shahar FVB matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun soat 02:25 atrofida Sergeli tumani "Oltin vodiy" MFYda joylashgan avtoservisda yong`in bo`layotganligi bo`yicha FVBga xabar kelib tushgan.

Unga ko`ra, 4 ta yong`in qutqaruv texnikasi soat 02:35 da voqea joyiga etib borgan. Soat 03:30 atrofida yong`in to`liq bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida avtomobillarga xizmat ko`rsatish ustaxonasining tom va ichki qismi qariyb 200 kvadrat metri yonib ketgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida MChJning qariyb 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`qligi ma`lum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1