AsosiyJamiyat

Farg`onada "Moskvich"da chiqqan yong`in oqibatida fuqaroning yuz va kaftlari kuyib ketdi

'Farg`onada "Moskvich"da chiqqan yong`in oqibatida fuqaroning yuz va kaftlari kuyib ketdi'ning rasmi

Viloyat FVBning ma`lum qilishicha,bugun tushda Buvayda tumanida joylashgan somon bozorida to`xtab turgan 1989 yil ishlab chiqarilgan moskovich rusumli avtomashina va unga ulangan tirkama hamda uning ustidagi 300 dona press somoni bilan yong`in chiqqan.

Buning oqibatida avtomashina egasi A.A ikki qo`l, kaftlari hamda yuz qismida turli xildagi kuyish bilan tan jaroxati olgan. 

"Xozirda bemorining xolati yaxshi, Buvayda tumani  tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limida tibbiyot xodimlari nazoratida",-deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan yong`inning kelib chiqish sababi va etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar