1

O`zbekistonda 1 oktyabrdan nimalar o`zgaradi?

Jamiyat 01.10.2022, 11:02
O`zbekistonda 1 oktyabrdan nimalar o`zgaradi?

Adliya vazirligi O`zbekiston 1 oktyabrdan qonunchiligida nimalar o`zgarishi haqida ma`lumot taqdim etdi. Unga ko`ra, 2022 yil 1 oktyabrdan:

- Kasanachilarga ajratiladigan subsidiya miqdori oshiriladi. 

- Bolalar uchun mo`ljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha tanlov e`lon qilinadi. 

- Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga 1 milliard so`mgacha grant ajratiladi. 

- Ayrim sohalarda davlat kosmik monitoringi yo`lga qo`yiladi. 

- Qoraqalpog`istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilga qarz beriladi. 

- Ko`p kvartirali uy-joylarning zilzilabardoshligi tekshiriladi. 

- Bolalarning qonuniy vakillari to`g`risidagi ma`lumotlar Pensiya jamg`armasiga elektron beriladi. 

- AKT sohasidagi o`quv kurslari uchun ta`lim krediti ajratiladi.

- Mol-mulkka taqiq qo`yilganligi to`g`risidagi elektron ma`lumotlar banki joriy etiladi. 

- “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tarbiyachilari malaka oshirish kurslarida o`qitiladi. 

- “Insofsiz ijrochilarning yagona reestri” yuritiladi. 

- Ko`zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari tashkil qilinadi. 

- Quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bo`lib-bo`lib to`lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1