1

Samarqand va Surxondaryoda er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar aniqlandi

Jamiyat 01.10.2022, 20:37
Samarqand va Surxondaryoda er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, sug`oriladigan ekin er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, Urgut tumani “M.V.” fermer xo`jaligi rahbari N.M. va boshqalar xo`jalikka ijara shartnomasi asosida ajratilgan sug`oriladigan ekin er maydonida o`zboshimchalik bilan uy-joy va boshqa qurilishlarni amalga oshirgan. Buning oqibatida 21 sotix er maydoni yaroqsiz holatga kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 255,5 mln so`m zarar etkazilgan.

Shuningdek, Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Y.D. “Nuriston” mahallasi hududida zaxiradagi 10 sotix sug`oriladigan ekin er maydonini egallab olib, jami 96 kv. metrli uy-joy qurganligi aniqlandi.

Oltinsoy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.O. “F.Q.” fermer xo`jaligiga tegishli 10 sotix sug`oriladigan ekin er maydonini egallab olib, 64 kv. metrli uy-joy qurish uchun beton poydevor va g`isht terish ishlarini amalga oshirganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1