1

Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida shamol kuchayishi mumkin

Jamiyat 02.10.2022, 08:23
Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida shamol kuchayishi mumkin

"O`zgidromet" markazning ma`lum qilishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi,  janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 21-26° ni tashkil etadi.  

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23° bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° bo`ladi.

1 oktyabr soat 20 dan 2 oktyabr soat 20 gacha  Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 21-23° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG”LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 12-17° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1