1

Bahodir Jalolovning keyingi raqibi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 02.10.2022, 10:52
Bahodir Jalolovning keyingi raqibi ma`lum bo`ldi

Iste`dodli bokschimiz, Olimpiya o`yinlari g`olibi va Jahon chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangini joriy yilning 15 oktyabrida Angliyaning Liverpul shahrida o`tkazadi. Bu haqda O`zA uning murabbiyi, boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh treneri To`lqin Qilichevga tayanib xabar bergan. 

U Bokschining treneri ushbu jangda hamyurtimizga argentinalik Ariel Esteban Brakamonte raqiblik qilishini bildirgan.

Mazkur jang tashkilotchisi "Probellum" promouterlik kompaniyasi vakili Sem Jonsning axborot vositalariga bergan intervyusida ta`kidlashicha, Bahodir Jalolovga raqib sifatidan tanlangan yigirmadan ziyod og`ir vaznli bokschilar O`zbek bokschisi nomini eshitishi bilan unga ro`baro` kelishni istashmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1