Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo`rg`on tumani IIB xodimiga tegishli deb izohlangan audio yozuv tarqalib jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`lmoqda.
IIBB matbuot xizmati rahbari Bobur To`laganovning ma`lum qilishicha, mazkur audio yozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro, 1992 yilda tug`ilgan A.Sulaymonov, 2022 yilda Oqqo`rg`on tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan.
Yosh xodim ko`p o`tmay xizmat faoliyati davomida o`zini salbiy tomondan ko`rsatganligi va noo`rin xatti-harakatlari sababli joriy yil 30 avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo`shatilgan.
Hozirda xabarda ko`rsatilgan "audio yozuv" aslida kimga tegishli ekanini aniqlashga qaratilgan ekspertiza va surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda.