Shavkat Mirziyoev Baydenga hamdardlik bildirdi

Jamiyat 02.10.2022, 17:58
Shavkat Mirziyoev Baydenga hamdardlik bildirdi

AQShda kuzatilgan "Ien" to`foni oqibatida qurbon bo`lganlar soni 77 nafardan oshdi.

Mamlakat milliy bo`ron markazi hafta oxirigacha markaziy Appalachi va janubiy O`rta Atlantika mintaqasi bo`ylab shahar va qishloq joylarida suv toshqini va Floridaning ayrim qismlarida rekord darajadagi daryo toshqinlari haqida ogohlantirgan.

AQShda yuz berayotganda bu kabi hodisalar, oshib borayotgan qurbonlar soni bois O`zbekiston rahbari Shavkat  Mirziyoev Jo Bayenga hamdardlik bildirdi.

"Davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog`ayib ketishini tiladi",— deyiladi Sherzod Asadov bergan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1