Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkilotining “Sergeli O`quv STK” UK boshlig`i o`rinbosari U.T. fuqaro R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
03.10.2022 12:47
Toshkentda "prava" olish uchun imtihondan o`tkazib qo`ymoqchi bo`lgan boshliq o`rinbosari qo`lga tushdi
