1

Navoiydagi oltin konida samosvalning yonishi oqibatida 31 yoshli haydovchi halok bo`ldi

Jamiyat 03.10.2022, 13:41
Navoiydagi oltin konida samosvalning yonishi oqibatida 31 yoshli haydovchi halok bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati"ga qarashli konda avtosomasval yonib ketishi natijasida haydovchi kuyib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Navoiy viloyati prokuraturasining aniqlashicha, voqea 2022 yilning 28 sentyabr kuni taxminan soat 17:00 larda, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati tasarrufida bo`lgan “Auminzo-Amantoy” konida sobir bo`lgan.   Avtomobil transporti boshqarmasining haydovchisi, 1991 yil 23 aprelda tug`ilgan Y.Sh MKBning  o`zigi biriktirilgan “Belaz” rusumli avtosomasvalda tog` jinslarini tashish vaqtida, avtosamosvalning old chap g`ildirak shinasi yorilishi natijasida yong`in kelib chiqqan. 

Natijada yong`in avtosomasval kabinasiga ham o`tib, haydovchi Y.Sh kuyish tan-jarohati olgan va unga Zarafshon shahrida joylashgan Tibbiy sanitariya qismida tibbiy yordam ko`rsatilgan. So`ngra u Buxoro shahrida joylashgan RShTYoIMga olib kelingan. Ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Y.Sh 30  sentyabr kuni  shifoxonada vafot etgan.  

Ta`kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, sudga oid tibbiy va komission ekspertizalar tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1