1

Qashqadaryoda fuqarolarning tashabbuslarini onlayn qabul qilish tizimi ish tushirildi

Jamiyat 03.10.2022, 15:28
Qashqadaryoda fuqarolarning tashabbuslarini onlayn qabul qilish tizimi ish tushirildi

Qashqadaryo viloyat hokimligida turizm va madaniy meros masalalari bo`yicha fuqarolarning tashabbuslarini onlayn qabul qilish tizimi ish boshladi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

E`londa viloyatga turistlar oqimini ko`paytirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash (mehmonxonalar va boshqa xizmat ko`rsatish ob`ektlarini qurish), sohaga sarmoya kiritish yoki investorlarni jalb qilish, sohani raqamlashtirish, xorijdagi vatandoshlar tajribasidan foydalanish, xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo`yicha tashabbuslar +998 75 221 39 31 raqamiga yoki kashkadarya@uzbektourism.uz manziliga yo`llash mumkinligi aytilgan. 

Ta`kidlanishicha, murojaat boshqarma tomonidan qabul qilinganidan so`ng, mas`ul xodim 1 ish kunida murojaatchi bilan bog`lanadi va taklifni ijobiy hal qilish choralarini ko`radi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1