AsosiyJamiyat

Endi ​​"Azal Airlines" aviakompaniyasi Boku va Samarqandni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`laydi

'Endi ​​"Azal Airlines" aviakompaniyasi Boku va Samarqandni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`laydi'ning rasmi

Ozarbayjonning "​​Azal" aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni boshlamoqda. Boku — Samarqand yo`nalishi bo`yicha birinchi reys 5 oktyabr kuniga belgilangan. Bu haqda Uzbekistan Airports ma`lum qildi.

Bu yo`nalishda muntazam parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A320 samolyotlarida: seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Samarqand xalqaro aeroportida hokimlik, O`zbekistondagi ozarbayjon diasporasi, Uzbekistan Airports, Air Marakanda va Azal aviakompaniyalari vakillari ishtirokida ilk reysning tantanali kutib olinishi rejalashtirilgan.

1992 yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yo`llari (Azal) yirik aviatashuvchi bo`lib, Boing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo`lgan MDH mamlakatlari aviasiya hamjamiyatidagi etakchilardan biri hisoblanadi. Eslatib o`tamiz, Samarqand Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qiladigan O`zbekistondagi ikkinchi shaharga aylanadi. Bokudan Toshkentga parvozlar muntazam ravishda payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar