Namanganda "Cobalt" traktorga borib urildi(video)

Jamiyat 03.10.2022, 20:02
Namanganda "Cobalt" traktorga borib urildi(video)

Namangan viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, 1 oktyabr kuni soat 20:00 larda A-373 “Toshkent — O`sh” avtomobil yo`lining 293 kilometrida Cobalt haydovchisi Toshkent — vodiy yo`nalishida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, o`zidan oldinda harakatlanayotgan, MTZ-80 rusumli traktorga borib urilgan. 

 

Oqibatda, "Cobalt"da bo`lgan 2 nafar yo`lovchilar, og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo`lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo`yicha Pop tuman IIB TB tomonidan tergov qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas`ullari tomonidan traktor haydovchilari o`rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo`yicha qat`iy nazorat qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1