AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan raketa uchirdi

'Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan raketa uchirdi'ning rasmi

Shimoliy Koreya bugun, 4 oktyabr kuni Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

Qayd etilishicha, aholi binolar ichi yoki er ostiga evakuasiya qilishga chaqirilgan, uyda qolishga qaror qilganlar qobiq parchalari qulashi xavfi tufayli derazalarga yaqinlashmasliklari kerak.

Yaponiya qirg`oq qo`riqlash xizmati ma`lumotlariga ko`ra, Shimoliy Koreya raketasi shimoliy Aomori va Xokkaydo prefekturalari havo hududi orqali uchib o`tgan va Tinch okeaniga qulagan.

Rasmiylar snaryad qulagan hududda joylashgan kemalarni vayronalar aniqlangan taqdirda ularga yaqinlashmaslikni, zudlik bilan Sohil xavfsizlik xizmatiga xabar berishni talab qilmoqda.

Voqea munosabati bilan Yaponiya hukumati milliy xavfsizlik kengashini chaqirmoqda.

Tokio butun mamlakat bo`ylab havo ogohlantirishini e`lon qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar