AsosiyJamiyat

“Uzavtosanoat” va “UzAuto Motors” ASSA Approved Employer' maqomini oldi

'“Uzavtosanoat” va “UzAuto Motors” ASSA Approved Employer' maqomini oldi'ning rasmi

2022 yil avgust oyida “Uzavtosanoat” AJ va  “UzAuto Motors” AJ ACCAning akkreditasiyadan o`tgan ish beruvchi maqomini oldi va hamkoriga aylandi. 

“UzAuto Motors”ning ma`lum qilishicha, ushbu maqom kompaniyaning MHXS (Moliya hisobotlari xalqaro standartlari)ga muvofiq moliya, tahlil va buxgalteriya hisobi sohasidagi mutaxassislarini rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlari va investisiyalarini namoyish etadi.

Ta`kidlab o`tilishicha, ayni paytda "Uzavtosanoat" tuzilmasi korxonalarida ACCA, CFA, CFI, CMA, CGMA va CPA kabi xalqaro dasturlar doirasida moliya mutaxassislari malakasini oshirish dasturi mavjud. Etakchi xalqaro dasturlar bo`yicha o`qitish va sertifikatlash imtihonlariga tayyorgarlik ko`rish hamda topshirish uchun xodimlarga 9 kungacha haq to`lanadigan ta`tillar taqdim etilgan holda kompaniyalar hisobidan amalga oshiriladi.

"Hozirda "Uzavtosanoat” AJ ning 40ga yaqin xodimlari ACCA malaka oshirish jarayonida imtihondan o`tishmoqda. Shuningdek, soha rahbariyatining qo`llab-quvvatlashi tufayli, MHXSga o`tish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi hukumat qarorlariga (2020 yil 24 fevraldagi PQ 4611-sonli) muvofiq “Uzavtosanoat” AJ va  “UzAuto Motors” kompaniyasi tegishli me`yoriy hujjatlarni tayyorlashga hamda moliyaviy mutaxassislar uchun tizimli treninglar o`tkazish uchun ruxsat olishga muvaffaq bo`ldi",— deyiladi xabarda.

Olingan bilim va malakalar moliyaviy mutaxassislarga kompaniyaning iqtisodiy barqarorligi uchun zarur bo`lgan MHXS bo`yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti, moliyaviy tahlil va nazorat, shuningdek, korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro standartlarni malakali joriy etishga yordam berishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar