1

O`zbekistonda bola o`g`rilari paydo bo`ldimi?

Jamiyat 05.10.2022, 17:12
O`zbekistonda bola o`g`rilari paydo bo`ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioxabargan vahimali xabarlar tarqaldi.

Aytilishicha, Toshkentdagi 38-Orom maktabi yonida, Qorasaroy turar joy majmuasida, Qorasuvda va boshqa hududlarda bola o`g`irlashga urinishlar qayd etilgan.

Shuningdek, bir nechta bola dom-daraksiz yo`qolgani, bu holatlarga mutasaddilar tomonidan tegishli choralar ko`rilmayotgani haqida aytilgan.

Farg`onada ham bola o`g`irlash bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh mavjudligi aytiladi.

Ushbu audioxabarlarga IIV axborot xizmati rahbari Shoxruh G`iyosov munosabat bildirdi:

«Bu kabi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq. Internet orqali yolg`on ma`lumot tarqalishiga sababchi bo`layotgan sub`ektlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi», — deyiladi rasmiy munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1