1

1 noyabrdan boshlab “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi

Jamiyat 05.10.2022, 19:12
1 noyabrdan boshlab “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi

AOKAda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uy-joylarni sotib olishda xaridorlarning huquq va majburiyatlariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. 

Ma`lumot uchun:
Qurilayotgan xususiy uy-joylar narxini faqat bozor belgilaydi, vazirlik uni nazorat  qila olmaydi.


O`zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo`naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig`iga tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

 2023 yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo`naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

2022 yil 1 noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.

Qaror bilan 2021 yilda berilgan subsidiya ajratish to`g`risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1