Ertaga Toshkentdagi ayrim hududlarda gaz vaqtincha uziladi

Jamiyat 05.10.2022, 19:26
Ertaga Toshkentdagi ayrim hududlarda gaz vaqtincha uziladi

Toshkent shahridagi Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ta`mirlash ishlari olib borilayotgani tufayli 6 oktyabr kuni ba`zi hududlar vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt gaz ta`minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirobod tumani, Oq yo`l ko`chasida joylashgan gaz quvurini xavfsiz hududga ko`chirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, 6 oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Oq yo`l ko`chasidagi xonadonlarda hamda Yakkasaroy tumanidagi 2 ta ulgurji tashkilotda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Shuningdek, 1 ta klinika va Umumiy ovqatlanish shoxobchasi vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent-1 Gaz taqsimlash stansiyasi faoliyatini vaqtincha to`xtatilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1