1

⚡️O`zbekiston-Qozog`iston chegarasidagi o`tkazish punkti vaqtincha yopildi

Jamiyat 06.10.2022, 11:51
⚡️O`zbekiston-Qozog`iston chegarasidagi o`tkazish punkti vaqtincha yopildi

Qozog`iston va O`zbekiston chegarasidagi Kazig`urt nazorat-o`tkazish punkti bir kunga yopildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar qildi. 

“2022 yil 6 oktyabr soat 09:00 dan 7 oktyabr soat 09:00 gacha “Qozig`urt” (Qozog`iston) va unga tutash Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan  “S.Najimov” (O`zbekiston) o`tkazish punkti fuqarolar va avtotransport vositalarining o`tishi uchun yopiladi”, - deyiladi xabarida.

Ma`lum qilinishicha, o`tkazish punkti “O`ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan har ikki davlatning nazorat-o`tkazish punktlari o`rtasidan o`tuvchi gaz quvurlarini gidravlik sinovdan o`tkazish munosabati bilan yopiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1