1

Namanganda o`qituvchi o`quvchi tomonidan kaltaklandi (video)

Jamiyat 06.10.2022, 14:37
Namanganda o`qituvchi o`quvchi tomonidan kaltaklandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda "o`quvchilar o`qituvchini kaltaklashdi" mazmunida video tarqalmoqda.

Xalq ta`limi vazirligining Namangan viloyati Xalq ta`limi boshqarmasidan olingan dastlabki ma`lumotiga ko`ra, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o`qituvchi o`quvchini sinfdan chiqarib yuborgan. O`quvchi esa sinfga qaytib kirib, o`qituvchiga qo`l ko`targan, qolgan o`quvchilar esa o`qituvchi va o`quvchini ajratganligini videodan ham ko`rish mumkin.  

Ayni vaqtda mazkur holat Namangan viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan o`rganilmoqda. O`rganish natijalari bo`yicha aniq ma`lumotlar taqdim etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1