1

Shavkat Mirziyoev Putinni mukofotladi

Siyosat 06.10.2022, 15:24
Shavkat Mirziyoev Putinni mukofotladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Putinni mukofotlash to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.

Mazkur farmon bilan mamlakatlarimiz xalqlari o`rtasidagi an`anaviy do`stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirishga qo`shgan ulkan shaxsiy hissasi hamda tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin O`zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do`stlik" ordeni bilan mukofotlandi. 

Eslatib o`tamiz, joriy yilning iyul oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin tomonidan “Aleksandr Nevskiy ordeni” bilan taqdirlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1