1

Qashqadaryoda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

Jamiyat 06.10.2022, 22:53
Qashqadaryoda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

"Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari" AJning G`uzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. "Nasafnews" bu haqda xabar bermoqda. Qayd etilishicha, voqea kecha, 5 oktyabr kuni sodir bo`lgan.

Ma`lum bo`lishicha, 1972 yilda tug`ilgan marhum xodim hamkasblari bilan "G`uzor-Sovbog" fiderining "Mikop" shaxobchasini avariyadan keyin ko`rikdan o`tkazishgan. Shu kuni soat 14:30 larda fiderga kuchlanish berilgan.

Soat 15:30larda iste`molchi bilan kelishgan holda brigada o`zboshimchalik bilan "Oxunboboev" fiderining 36-tayanchidan iste`molchi tayanchiga o`tadigan simlarni echish vaqtida elektrchi G`.B kuchlanish ostida qolgan.

"Boshqa xodimlar jabrlanuvchi G`.B.ni tayanchdan tushirib, birinchi yordam ko`rsatishgan va tez yordam chaqirishgan. Ammo xodim voqea joyida halok bo`lgan.

Hozirda mazkur voqea sabablari o`rganilmoqda", — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1