AsosiyDunyo

Suriyada vabo avj olmoqda: qurbonlar 40dan oshdi

'Suriyada vabo avj olmoqda: qurbonlar 40dan oshdi'ning rasmi

Shu yilning o`tgan davrida dunyoning 27 mamlakatida vabo kasalligi qayd etilib, ko`plab bemorlar hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi hisobotida bu borada vaziyat yanada jiddiy tus olayotgani ma`lum qilindi. Xususan, epidemiya Suriyada avj olmoqda. Laboratoriya tekshiruvlari va ekspress-testlar natijalariga ko`ra, bu erda vaboga chalinganlar soni 757 nafarga etgan.  

Qasallik 41 nafar kishini hayotdan olib ketdi. Ulardan 34 nafari Halab viloyatida yashagan bemorlar edi. Shuningdek, Dayr-az-Zor, Al-Hasek, Raqqa, Latakiya va Damashqda o`lim holatlari kuzatilgan.

Olib borilgan tekshiruvlardan so`ng muz tayyorlanadigan korxona va oqova suv tarkibida vabo namunalari topildi. Buning sababi Furot daryosi suvidan foydalanilgani bilan bog`liq bo`lishi mumkin. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar