1

Yuz terisi uchun foydali 5 ta niqob

SUG'DIYONA 24.08.2016, 16:51
Teglar: Ayol
Yuz terisi uchun foydali 5 ta niqob

Kuz fasli yaqinlashmoqda. Bu mavsumda ayollar yuz terisiga yanada e`tiborliroq bo`lishlari zarur.  

Krem va losyonlar qanchalik qimmat va reklama qilingan bo`lmasin, baribir uy sharoitida tayyorlangan va muntazam ravishda qo`llaniladigan niqoblarga hech narsa etmaydi. Birinchidan, uy sharoitidagi vositalar arzon, ikkinchidan, tabiiy, uchunchidan samarali hisoblanadi. Undan tashqari uy sharoitida qilingan niqoblarda zararli kimyoviy moddalar bo`lmaydi.

Oqartiruvchi niqoblar:

  • Yuzni oqartirish va yuz terisi rangini tiniqlashtirish uchun eng yaxshi vosita bodringdir. 
  • Bodringni qirgichdan chiqarib, o`z holicha yuzga 15-20 daqiqaga surtib qo`yamiz. So`ng iliq suvda chayib tashlaymiz.
  • Ushbu niqobdan haftasiga 3 marta foydalanilsa, yuz terisi rangi oqaradi va tiniqlashadi.
  • Agar ter yog`li bo`lsa, u holda quyidagi losyondan foydalansa bo`ladi:
  • Bir dona bodringni mayda to`g`rab yarim stakan aroq bilan qoplaymiz.
  • Etti kundan so`ng yog`liq teriga ega yuzni parvarish qilish uchun losyon tayyor bo`ladi.

Ozuqa beruvchi niqoblar:

  • Terini doimiy ravishda foydali mikroelementlar bilan oziqlantirib turish lozim. Buning uchun uy sharoitida bizga quyidagi vositalar yordam beradi:

Bir dona tuxum sarig`ini olma yoki sabzi sharbati(mevadan sharbat olish uchun uni qirg`ichdan chiqarib dokaga solib siqamiz) bilan aralashtiriladi va yuzga 10-15 daqiqaga suriladi. So`ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi. 
Yana bir niqobni tayyorlash uchun bizga tvorog yordam beradi.
Bir osh qoshiq tvorogni 1 choy qoshiq suyuq asal bilan aralashtiramiz va yuzga 10-15 daqiqaga surib qo`yamiz(Muhim! Asalga allergiya yo`qligini teriga ozgina surib ko`rib oldindan tekshirib olish zarur). So`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz. 
 
Tozalovchi niqoblar:

  • Yuzni muntazam ravishda yuvganimiz bilan, teri teshikchalari orqali kirgan va yig`ilib qolgan kir bunda ketmaydi. Shuning uchun tozalovchi niqoblarni muntazam ravishda yuzga qo`llash lozim.

Terini tozalash uchun eng yaxshi vosita suli yormasi qo`shilgan niqoblardir.

Bir osh qoshiq maydalangan suli yormasini 1 osh qoshib sut bilan aralashtirib yuzga 25 daqiqaga surib qo`yamiz. So`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.

Terining ichki qatlamlarini tozalash uchun bizga piling yordam beradi.

Piling-niqob: Bir choy qoshiq guruch kukunini (guruchni kofemaydalagichda kukun shakliga keltiramiz) 1 choy qoshiqda yarim-yarim qilib aralashgan asal va limon sharbati bilan qorimiz. Yuz terisini ushbu aralashma bilan asta ishqalab chiqib 15 daqiqaga qoldiramiz. So`ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.

Ushbu niqoblarni 1 oy davomida navbatma-navbat qo`llasa, yuz terisi rangi, holati va ko`rinishi yaxshilanganligi shundoq namoyon bo`ladi. Uy sharoitidagi niqoblarning samarasi katta bo`lgani bilan, unga ketgan mehnat va pul deyarli sezilmaydi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1