1

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi

Jamiyat 25.08.2016, 10:14
Teglar: O`zbekiston
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi

2016 yil 24 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a`zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.  

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo`ldoshev boshqardi. 

Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida bo`lib o`tayotgan yalpi majlis qatnashchilari Senat Raisi N.Yo`ldoshevning O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senatining o`tgan davrdagi faoliyatiga va kelgusi yillardagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan ma`ruzasini tingladilar. 

Senatorlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan“Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini ko`rib chiqdilar. Ushbu qonun yoshlar siyosatining asosiy qoidalari, bunday siyosatni shakllantirish va ro`yobga chiqarishga doir tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilishni yaxlit qonun hujjatida mujassam etish maqsadida qabul qilinganligi ta`kidlandi. 

Qonunda hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda yoshlarga oid davlat siyosatining quyidagi ustuvor yo`nalishlari mustahkamlab qo`yildi: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa huquq hamda manfaatlarni, yoshlarning ochiq va sifatli ta`lim olishini ta`minlash, yosh avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko`maklashish, yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarni ma`naviy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, radikalizm, zo`ravonlik va shafqatsizlik g`oyalaridan himoya qilish, iqtidorli yoshlarni va yosh oilalarni qo`llab-quvvatlash, ularda sog`lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, yoshlar sportini, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va hokazo. 

Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatini markazda va joylarda ro`yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar vazifalari, vakolatlari, shuningdek, ularning bu sohadagi javobgarligi aniq belgilab berilmoqda. Ushbu organlar zimmasiga yoshlarga oid davlat siyosatini ro`yobga chiqarish, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan talablar, normativ-huquqiy hujjatlar shak-shubhasiz ijro etilishini ta`minlash, huquqiy targ`ibotga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilmoqda. 

Qonun normalari yoshlarga oid davlat siyosatini ro`yobga chiqarishda jamoat tashkilotlarining, eng avvalo, yoshlar tashkilotlarining, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining va ommaviy axborot vositalarining roli hamda o`rnini kuchaytirishga ham qaratilgan. Davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda, sog`lom barkamol avlodni tarbiyalashga doir tadbirlarni uyushtirish hamda o`tkazishda, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli va faolligini yuksaltirishda, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va davlat dasturlari talablari bajarilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari muqarrar ishtirokining huquqiy mexanizmlari belgilab berilmoqda. 

Senatorlar qayd etganlaridek, qonunning qabul qilinishi yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro`yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas`uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun mamlakatimizda zarur imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratishga, mamlakatimiz yoshlarini XXI asr talablariga to`liq javob beradigan har tomonlama barkamol shaxslar qilib shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Shundan so`ng senatorlar “Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini ko`rib chiqdilar. Ushbu qonun davlatimiz rahbarining O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida belgilab berilgan vazifalarni ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlangan va parlamentning quyi palatasiga kiritilgan hamda ichki ishlar organlarining maqomini, birinchi navbatda, qonun ustuvorligini, fuqarolar huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta`minlash bo`yicha ular faoliyatining shakllari hamda usullarini aniq belgilab berishga qaratilgan. 

Majlisda ushbu qonun ichki ishlar organlari tizimi va tuzilishini, ularning huquqlari, majburiyatlari hamda vakolatlarini, ularning xodimlariga nisbatan qo`yilgan talablarni, shuningdek, ularni ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilish choralarini aniq belgilab berishi ta`kidlandi. 

Qonunda ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyat yo`nalishlari va prinsiplari mustahkamlab qo`yilmoqda. Ichki ishlar organlari zimmasiga fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini, jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini, yuridik hamda jismoniy shaxslar mol-mulki himoyasini ta`minlash vazifalari yuklatilmoqda. 

Ichki ishlar organlarining aniq vazifalarini, shu jumladan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, jinoyatlarning, boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo`yish va ularni fosh qilish, jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ichki ishlar organlarining aniq vazifalarini belgilab qo`yish ularining jamiyat va davlat oldidagi javobgarligini oshiradi. 

Qonunda ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilishga doir qo`yilgan asosiy talablarga, xizmat o`tash shartlariga alohida o`rin ajratilgan. 

Senatorlar ta`kidlaganlaridek, ushbu qonun ichki ishlar organlari nufuzini mustahkamlashga, ular faoliyatida qonuniylikni ta`minlashga, shuningdek, xodimlarning o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni ijro etish bo`yicha javobgarligini oshirishga ko`maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi. 

Shuning bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1