AsosiySiyosat

Qozog`iston va O`zbekiston chegarani demarkasiya qilish bo`yicha kelishib oldi

'Qozog`iston va O`zbekiston chegarani demarkasiya qilish bo`yicha kelishib oldi'ning rasmi

Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalari o`rtasida Qozog`iston-O`zbekiston davlat chegarasini demarkasiya qilish to`g`risidagi shartnoma loyihasi tayyorlandi, deb xabar berdi "zakon.kz".

Hujjatga ko`ra, Qozog`iston-O`zbekiston davlat chegarasining boshlang`ich nuqtasi Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joyi hisoblanadi.

Qozog`iston-O`zbekiston davlat chegarasining so`nggi nuqtasi Qozog`iston, Turkmaniston va O`zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joyi hisoblanadi.

Davlat chegarasining demarkasiyalangan chizig`ining uzunligi 2356,666 km. Tomonlar davlat chegarasi chizig`iga jami 1301 ta chegara belgilarini o`rnatdi. Tomonlar tomonidan jami 1672 ta chegara postlari o`rnatilgan. 

Bitim kuchga kirganidan keyin tomonlar har 10 yilda bir marta davlat chegarasi chizig`i belgilanishini birgalikda tekshirishni o`tkazishi nazarda tutilgan. Tomonlarning kelishuviga ko`ra, tekshirish shartlari o`zgartirilishi, shuningdek, uning alohida uchastkalarida davlat chegarasi chizig`ining belgilanishini birgalikda tekshirish ham o`tkazilishi mumkin.

Davlat rahbarining Shartnomani imzolash to`g`risidagi farmoni loyihasi Qozog`iston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko`rib chiqish uchun kiritildi.

 

    Boshqa yangiliklar